Maxsus komissiya aholiga bir qancha ogohlantirishlar bilan chiqdi
Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarni avtoransport va metropoliten xizmatlaridan foydalanilganda aholi o‘rtasida niqob taqish hamda ijtimoiy masofa saqlash rejimiga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
«Niqobsiz yurish qat’iyan man etiladi. Tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan qat’iy choralar qo‘llaniladi va jarimaga tortiladi.
Turli savdo majmualari, bozorlar, do‘konlarda yurilganda qo‘llarni tashqi yuzalarga tegishidan himoyalashni ta’minlash uchun qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
Yevropa va Osiyo mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, faqatgina ijtimoiy masofaga va majburiy niqob taqish rejimiga qat’iy rioya qilinishi pandemiya tarqalishining oldini olishga yordam beradi» deyiladi ogohlantirish xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan O‘zbekiston karantin tartibi yumshamoqda. Jumladan, barcha transport harakatlariga, metro faoliyatiga ruxsat berilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter