Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farzandi dars qoldirayotgan ota-onalarga «ogohlantirish xati» yuborilayotgani rasman tasdiqlandi

Farzandi dars qoldirayotgan ota-onalarga «ogohlantirish xati» yuborilayotgani rasman tasdiqlandi

Farzandlari maktab darslarini qoldirayotgan ota-onalarga «Ogohlantirish xati» yuborilayotgani xususida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan xabarlarga MMTV axborot xizmati munosabat bildirdi.

Tarqalgan xabarlarda endilikda dars qoldirib kelayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga «Ogohlantirish xati» yuborilishi va bu orqali ularga turli tartibdagi ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanishi aytib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5 fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilganligi aytib o‘tildi.

«Inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan ko‘maklashish, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iborat.

Shu maqsadda darslarga muntazam (uch o‘quv kuni va undan ortiq) sababsiz qatnashmayotgan o‘quvchilarning yashash manzillariga tezkor ravishda «Ogohlantirish xati» yuborilmoqda. Unda o‘quvchilarning ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan.

Jumladan, farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaslik, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim olishiga to‘sqinlik qilish oqibatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddasiga asosan qonuniy jazo choralari keltirib o‘tilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad, darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligini oshirishdan iborat», deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring