Mahmud Abbos Falastin hukumatining iste’fosini qabul qildi
Falastin prezidenti Mahmud Abbos bosh vazir Muhammad Ishtiyning iste’fosini qabul qildi.
WAFA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra, hukumat iste’fosini qabul qilgach, Mahmud Abbos bosh vazir va vazirlardan yangi hukumat tuzilgunicha ishni davom ettirishini so‘ragan.
Falastin bosh vaziri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda bo‘lib o‘tgan Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida prezident Mahmud Abbosga iste’fosini taqdim etganini aytgan.
«Ushbu qaror Falastin masalasiga va siyosiy tizimimizga misli ko‘rilmagan zo‘ravonlik hujumlari, shuningdek, G‘azoda xalqimizga qarshi genotsid jinoyatlari, majburiy ochlik va majburiy ko‘chirilishi fonida qabul qilindi», dedi bosh vazir Muhammad Ishtiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter