Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mastercard» logotipini o‘zgartiradi

«Mastercard» logotipini o‘zgartiradi

Foto: «Global Look Press»

«Mastercard» to‘lov tizimi o‘z logotipini o‘zgartiradi — uning nomi olib tashlanadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

Bundan buyon kompaniya logotipida tutash qizil va sariq doiralarning o‘zi qoladi.

Kompaniyaning marketing va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Raja Rajamannarning aytishicha, raqamli texnologiyalar davri oddiylikni yoqtiradi. «Insonlarning 80 foizi «mastercard» yozuvisiz ham kompaniya ramzini tanishadimi, demak, biz brendimizni rivojlantirish uchun yangi qadam tashlashga tayyormiz», — dedi Rajamannar.

Yarim asrdan oshdiki, qizil va sariq doira «Mastercard»ning xos ramzi sifatida ishlatilmoqda. Ushbu global tarmoq 210 dan ziyod mamlakatdagi iste’molchilar, moliya muassasalari va kompaniyalarga xizmat ko‘rsatmoqda.

«Mastercard»ning turli yillardagi logotiplari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring