Mast fuqarolar bilan alohida ishlanadi
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasida mast huquqbuzarlar bilan ishlash bo‘yicha profilaktik choralar ham belgilanmoqda.
Xususan, strategiyada quyidagilar nazarda tutilgan:
- jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarning mast holatda sodir etilganini, shuningdek, alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik cheklovi o‘rnatilgan shaxsni ushbu cheklovga rioya etmaganini aniqlash va tasdiqlash tartibini ishlab chiqish;
- alkogolli ichimlikka ruju qo‘ygan, giyohvand, zaxarvand, tajovuzkor ruhiy kasal shaxslarni majburiy davolash bo‘yicha namunaviy dastur ishlab chiqish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter