Mast fuqaro poyezd yo‘lida uxlab qoldi
9-may kuni Toshkent—Xo‘jakent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan elektropoyezd Salar—Nurhayot temir yo‘l bekatlari oralig‘ida noma’lum fuqaro yotgani sababli favqulodda to‘xtagan. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, TXTB xodimlari uni tezkorlik bilan temir yo‘l izidan olib, tez yordam chaqirtirgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganida, ushbu fuqaro Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi S.M. ekani, spirtli ichimlikni me’yoridan ortiq iste’mol qilishi natijasida mast holatda temir yo‘l izida uxlab qolgani aniqlangan.
Fuqaro ma’muriy sud qaroriga asosan Toshkent shahar IIBBga qarashli reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter