Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast erkak o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

Mast erkak o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

Foto: «Attuale.ru»

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 10-mart kuni erkak mast hoatda qaynukasi uning avtomashinasini olib ketgani sababli o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘lgan. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qayrag‘och qishlog‘ida yashovchi erkak ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilgani sababli mast bo‘lib qoladi. Natijada xotini ukasiga qo‘ng‘iroq qilib uydagi mashinani olib ketishini so‘ragan. Buni ayol mastlik sababli biror baxtsiz hodisa bo‘lishidan xavotirlanib shunday qilganini izohlagan. Erkak esa: «Mashinani nimaga olib ketadi, nima haqqi bor? Mening erkaklik g‘ururim yo‘qmi?» — deya ayoli bilan tortishib qolgan. Shundan so‘ng u uydan chiqib ketib, temir yo‘lga o‘zini tashlash uchun kelgan.

Holatdan xabar topgan mahalla mutasaddilari Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan. Patrul-post xizmati xodimlari hududga yetib kelganida temir yo‘lning 13–14-kilometrlarida erkakning mast, agressiv holatda yurgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, u to‘xtatib qolinganidan taxminan 3–5 daqiqadan o‘tib, ushbu yo‘ldan yuk poyezdi o‘tgan. Erkak mastlik holatini aniqlash va reabilitatsiya qilish uchun voqea joyidan olib ketilgan.

Erkakning aytishicha, hozirda u ichish va chekishni to‘xtatib, fermer xo‘jaliklarining birida traktor haydovchisi bo‘lib ishlab kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring