Mast bezori tufayli samolyot Urganchga favqulodda qo‘ndi
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-300 samolyoti 18 yanvar kuni soat 20:29 da Urganch shahri xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Moskva shahridan Hindistonning Goa shahriga parvoz qilayotgan havo kemasi ekipaji mast yo‘lovchining bezoriligi sababli shunday qarorga kelgan. Zo‘ravon yo‘lovchi samolyotdan tushirib yuborilgan va huquqni himoya qilish organlari xodimlariga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter