Mask Los-Anjelesda tezkor yer osti tunnelini ochdi (foto+video)
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQShda birinchi tezkor yer osti tunnelini ochdi. Bu haqda milliarder o‘zining «Twitter» sahifasida ma’lum qildi.
Los-Anjelesdagi bu tunnelda avtomobillar 240 kilometr soat tezlikdan yuqorida harakatlana oladi.
Taqdimot marosimida Mask tunnel xavfsizligini ta’minlaydigan muhanlislik yechimi haqida so‘zlab berdi. Tunnelda tez harakatlanish uchun avtomobillar yig‘iluvchi yon g‘ildiraklar bilan jihozlanadi. Bu texnologiyani Mask o‘zining Tesla avtomobilida namoyish etib berdi.
«Tunnelda soatiga 240 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin. Bu tezlikda xuddi shahar bo‘ylab teleportatsiya bo‘layotganga o‘xshaysan», deydi Mask o‘zining «Twitter»ida.
Tesla in @boringcompany tunnel with retractable wheel gear that turns a car into a rail-guided train & back again pic.twitter.com/3a6i0NoSmi
— Elon Musk (@elonmusk) 19 Aralık 2018
Ushbu loyiha butun shahar bo‘ylab quriladigan tunnel tarmog‘ining shohbekati hisoblanadi. Loyiha butun Amerika bo‘ylab davom ettirilishi va keyingi bosqichda Texas hamda San-Fransiskoda ham shunday tunnellar qurilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter