Mashinani qulflashni unutmang

2020-yil 14-noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi 21 yoshli fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra 13-noyabr kuni uyining oldida turgan «Damas» avtomashinasining orqa eshigini qulflashni unutgan. Bundan foydalangan noma’lum shaxs avtomashina salonida bo‘lgan narxi 700.000 so‘mlik telefon apparatini o‘g‘irlab ketgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Namangan viloyati IIB PPXvaJTSB PPXB 2-otryad safdor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 20 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020-yil 25-noyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter