Mashinani «prava»siz boshqarishga ruxsat etiladi — Qozog‘iston

Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart-Toqayev mamlakat yo‘llarida harakatlanish qoidalariga o‘zgartirish kiritadigan qonunga imzo chekdi.
Qonunga ko‘ra, 2022-yildan mamlakatda o‘n yildan oshgan avtobuslarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi. Bu bilan yo‘llarda xavfsizlikni oshirishmoqchi.
Yangi qonun haydovchilarga mashinani haydovchilik guvohnomasi va transport vositasi ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi hujjatsiz boshqarishga ruxsat beradi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati 1 fevral kuni ma’lum qildi.
Haydovchining yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kifoya. Politsiyachilar qolgan ma’lumotlarni planshetdan ko‘rib olishadi. Buning uchun yetarli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. «Prava» va transport vositasi hujjatisiz yurganlik uchun javobgarlik ham bekor qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter