Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinalar eshigiga qulf osib, pul ishlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mashinalar eshigiga qulf osib, pul ishlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilinganligi va unga xat qistirilganligi aks etgan foto va videolar tarqalib ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. 

Tezkor tadbirlar davomida, ushbu harakatlarni sodir etganlikda gumondor 29 yoshli Muxriddin A. ushlandi. Xolislar ishtirokida uning yonidan 2 dona kodli qulflar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Suhbat davomida u internetda shunday «pul ishlash» usulini ko‘rib, undan foydalanishga qaror qilganligini aytdi. Rejaga ko‘ra, u qulfni avtomashina eshigining ushlagichiga osib, haydovchiga qulfni ochish uchun kod raqamini sotib olish taklifi yozilgan xat qoldirgan. Ko‘rsatilgan hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, qulf kodini yuborishi kerak bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring