Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashina oynasidan oyoqlarini chiqarib yurgan ayol javobgarlikka tortildi

Mashina oynasidan oyoqlarini chiqarib yurgan ayol javobgarlikka tortildi

Videodan kadr

Qarshi shahrida oyoqlarini mashina oynasidan chiqarib ketayotgan ayol YPX xodimlari  haqorat qildi, deb xabar bermoqda «Nasaf TV».

Qayd etilishicha, Qarshi shahrida olib borilgan reyd tadbirlari davomida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi Nexia avtomobili to‘xtatilgan. Haydovchi bilan muloqotga kirishilganda, mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan ayol vaziyatga aralashib, munozarali holatni keltirib chiqargan.

Uzoq tortishuvlardan so‘ng, ayol tibbiy tekshiruvlarga taklif etilgan. Tekshiruv jarayonida ayolning mastligi aniqlanib, jamiyatda yurish qoidalarini buzgani yuzasidan ma’muriy ish ochilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqilgan ishda ayol qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, voyaga yetmagan farzandi borligi sabab qonuniy yengillik so‘ragan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-modda (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan BHMning 5 baravari (1,5 million so‘m) miqdorida jarima tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring