Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Viloyatdan mashina olib qochgan o‘smir Toshkentda ushlandi

Viloyatdan mashina olib qochgan o‘smir Toshkentda ushlandi

2022 yil 2 noyabr kuni Toshkent viloyati IIBB navbatchilik qismiga Ohangaron shahrida joylashgan «Temir ota» choyxonasi oldidan noma’lum shaxs tomonidan Lacetti rusumli avtomobil olib qochilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu avtomobil va uni olib qochgan shaxs, voyaga yetmagan, 2006 yilda tug‘ilgan Sh.R. Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chilonzor 26-mavze, 24-uy qarshisida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring