Mashhur «Time» jurnali sotilmoqda
CNN yozishicha, amerikalik milliarder Mark Benioff va uning xotini nufuzli «Time» jurnalini «Meredith» konglomeratidan sotib olishmoqda. Bitim bir oyda yopilishi kutilmoqda. Jurnal Beniofflar oilaviy sarmoyasiga aylanadi.
«Time» 190 million dollarga baholandi.
«Time» 1923-yildan beri chop etib kelinadi. Bosh ofisi Nyu-Yorkda joylashgan. Har haftada chiquvchi bu nashr AQShdagi eng ommalashgan jurnal sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, «Meredith» konglomerati «Time Inc» noshirlik kompaniyasini o‘tgan yili 2,8 milliard dollarga sotib olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter