Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur siam egizaklaridan biri turmushga chiqdi

Mashhur siam egizaklaridan biri turmushga chiqdi

Singlisi Britani bilan bir tanani baham ko‘rgan Ebbi amerikalik faxriy harbiy Josh Bouling bilan turmush qurdi.

Ebbi va Britani mashhur siam egizaklaridir. Ebbi o‘ng qo‘l va o‘ng oyoqni boshqaradi, Britani chap qo‘l va chap oyog‘ini boshqaradi. Har birining o‘z yuragi, buyragi, oshqozoni, orqa miya va miyasi bor.

Opa-singil Xensel 1990 yil 7 martda AQShning Minnesota shtatida tug‘ilgan. Ularning ota-onalari Patti va Mayk Xensel bolalarni ajratish operatsiyasini juda xavfli deb hisoblab, rad etishgan. Chunki shifokorlar operatsiyadan keyin ikkalasining ham tirik qolish ehtimoli pastligidan ogohlantirgandi.

Opa-singillar hozir 34 yoshda. The Daily Mail nashrining yozishicha, ular Minnesota shtatidagi boshlang‘ich maktabda matematikadan dars berishadi. «Shubhasiz, biz bitta ish haqi olishimizni tushunamiz, chunki bir kishining ishini qilyapmiz», deydi Ebbi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring