Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Martning so‘nggi kunida qanday ob-havo kutilmoqda?

Martning so‘nggi kunida qanday ob-havo kutilmoqda?

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati ertaga, 31-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Toshkent shahri. 
Havo o‘zgarib turadi, kuning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati. 
Havo o‘zgarib turadi, kuning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Samarqand, Sirdaryo va Jizzax. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. 
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 m dan yuqori bo‘lgan tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring