Marsda yashay oladigan organizmlar topildi
Germaniyada Bremen universiteti olimlari Mars atmosferasida o‘sishi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan mikroorganizmlarni aniqladilar. Bu haqdagi tadqiqot natijalari «Frontiers in Microbiology» jurnalida chop etilgan.
Ilmiy ishda qayd etilishicha, sianobakteriyalar yoki ko‘k-yashil suv o‘tlari asosida Marsning yuzasida yashaydigan odamlar uchun tiriklikni ta’minlaydigan tizimlarni vujudga keltirish mumkin.
Olimlar sianobakteriyalar Mars atmosferasidan chiqadigan gazlarni bosim past bo‘lishiga qaramay, uglerod va kislorod manbai sifatida ishlatib hayotiy faoliyatni saqlab turishini aniqladilar. Ko‘k-yashil suv o‘tlari Mars changining suspenziyasi bilan suvda ko‘payadi. Bu ularning boshqa tirik organizmlar uchun ozuqa sifatida ishlatilishiga imkon beradi. Bundan tashqari, sianobakteriyalar fotosintezning birlamchi mahsuloti sifatida kislorod ishlab chiqaradi.
Eksperiment uchun olimlar Mars atmosferasiga yaqin bo‘lgan sharoitni yaratib beruvchi Atmos bioreaktorini ishlab chiqdilar.
Tajriba uchun jamoa azotni biriktiruvchi sianobakteriyalarning «Mars» sharoitiga ko‘proq mos keladigan Anabaena sp. PCC 7938 turini tanlaganlar. Garchi bakteriyalar ozuqa muhitida yaxshiroq o‘sgan bo‘lsa-da, tadqiqotchilar Mars regolitida o‘sishni ham kuzatganlar. So‘ngra olimlar Anabaena sp. va E. coli W geterotrof bakteriyasini yetishtirishda substrat sifatida ishlatib ko‘rganlar.
Tadqiqotchilar Mars atmosferasidagi gazlar Yer atmosferasining o‘n foiziga teng bosim ostida ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Ularga ko‘ra, sianobakteriyalar tiriklikni ta’minlash tizimlarining fotobioreaktor modullari uchun javob beradi. Olimlar ushbu kashfiyot kelajakda sezilardi darajada o‘zgarishlarga xizmat qilishiga ishonch bildirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter