Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokash qiroli quduqqa tushib ketgan bolaning vafoti haqida ma’lum qildi

Marokash qiroli quduqqa tushib ketgan bolaning vafoti haqida ma’lum qildi

Marokash qiroli Muhammad VI  1 fevral kuni 32 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketgan besh yoshli bolaning ot-onasiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda saroy tomonidan tarqatilgan bayonotda aytib o‘tilgan.

Rayan uzoq davom etgan qutqaruv operatsiyasidan so‘ng shanba kuni kechqurun qutqaruvchilar tomonidan quduqdan olib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, 1 fevral kuni bolaning otasi o‘zlari suv ichadigan quduqni (Shefshauen viloyati) ta’mirlayotgan edi. Kattalar boshqa ishlarga ovora bir paytda besh yoshli Rayan quduq yaqinida o‘ynab, uning ichiga tushib ketadi va 32 metr chuqurlikda tiqilib qoladi.

O‘tgan payshanba kuni qutqaruvchilar tomonidan olingan kamera tasvirlari bolaning tirik va hushida ekanligini ko‘rsatgandi. Tasvirda bolaning qiyinchilik bilan bo‘lsa ham harakatlanishi aks etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring