«Spravka»ni tasdiqlovchi «spravka»... Markaziy saylov komissiyasi qanday izoh beradi?
Telegramdagi kanallarning birida «Hujjatsiz tan olinmaydigan hujjat» sarlavhasi ostida Markaziy saylov komissiyasining beydjiklari yuzasidan tanqidiy post qoldirildi.
Keltirilgan holat mashhur so‘z ustalarining «spravka»ning «spravka» ekanini tasdiqlovchi «spravka» talab qilinishi haqidagi mashhur hangomasini eslatib yuboradi.
«Bugun ayrim jurnalist va blogerlar saylov kampaniyasini yoritish uchun Markaziy saylov komissiyasidan akkreditatsiyadan o‘tganliklarini tasdiqlovchi beydjiklarni qo‘llariga olishdi.
Bu hujjat muhim siyosiy tadbirni yoritishda OAV vakillariga katta imkoniyat beradi. Biroq, o‘ta jiddiy deb qaralayotgan jarayonning «tashrif qog‘ozi»da odamni hayron qoldiradigan shunday jumla bor: «Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilganida haqiqiy hisoblanadi».
Bu nimani anglatadi? Uzoq yillar qon-qonimizga singdirilgan «siyosiy hushyorlik»dan, byurokratiyadan hali-hanuz voz kecha olmaganimiznimi? G‘alati-da. Bu beydjik bo‘lsa, uni olish uchun ham bir qancha hujjat taqdim qilingan bo‘lsa... Shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz esa u tan olinmasa, unda akkreditatsiya nega kerak?», deyiladi izohda.
Darhaqiqat, nahotki shunday muhim kampaniyada hali ham eski uslublarga tayanib yurgan bo‘lsak? Jurnalist va blogerlar, umuman, akkreditatsiyadan o‘tgan istalgan kishi hali ham shu beydjikning o‘zi bilan faoliyatini olib bora olmasa? Saylov komissiyadagilar bu beydjiklarni qalbakilashtirish mumkin, degan vajni keltirishlari mumkin, lekin uni tayyorlashda bugungi kunda keng tarqalgan QR-kodli qilib chiqarish mumkin ediku! Shunda shubha tug‘ilganida beydjikni oddiy smartfon orqali osongina tekshirib ko‘rish mumkin bo‘lardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter