Markaziy saylov komissiyasiga yangi rais va o‘rinbosar saylandi
Nizomxo‘jayev Zayniddin Maxamatovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi. U bunga qadar Senat raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qo‘chqorov Bahrom To‘lqinovich esa Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari etib saylandi. U bunga qadar Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, MSKning avvalgi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatilib, o‘zi Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter