Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyoda iqlim nisbatan kuchliroq va tezroq isimoqda — ekspert

Markaziy Osiyoda iqlim nisbatan kuchliroq va tezroq isimoqda — ekspert

Foto: «Yashil texnologiyalar va investitsiya loyihalari xalqaro markazi»

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishlari jahon mamlakatlari tomonidan asosiy global tahdidlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Xalqaro ekspertlarning ayrim baholashlariga ko‘ra, 2050-yilga borib iqlim o‘zgarishlarining global iqtisodiyotga salbiy ta’siri YaIMning 4 foizidan 18 foizigachani tashkil etishi mumkin.

Qozog‘istondagi «Yashil texnologiyalar va investitsiya loyihalari xalqaro markazi»ning xalqaro hamkorlik departamenti direktori Aydar Yesembayev ta’kidlashicha, Yevroosiyoning o‘rtasida joylashgan Markaziy Osiyo global iqlim o‘zgarishlaridan nisbatan ko‘proq aziyat chekishi mumkin.

Aydar Yesembayev

«Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha xalqaro ekspertlar e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, mintaqamizda havo haroratining yuqorilashi global darajaga nisbatan kuchliroq va tezroq yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlar, o‘z navbatida, aholining salomatligi, ekotizimlar va milliy iqtisodiyotlar uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi, mintaqaning oziq-ovqat, energetika va ekologik xavfsizligiga tahdidlar tug‘diradi», — deya ta’kidladi Aydar Yesembayev.

110 dan ortiq mamlakat 2050-yillarga borib uglerod neytralligiga erishishni rejalashtirgan. Xususan, Yevropa ittifoqi, AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya 2050-yilda, Braziliya va Xitoy 2060-yilda ugleroddan neytral mamlakatlarga aylanish majburiyatini olgan. Yesembayevning aytishicha, Parij bitimi doirasida, Qozog‘iston ham 2060-yilda «yashil energiya» mamlakati darajasiga erishish harakatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring