Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyo xalqaro instituti nufuzli tahlil markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

Markaziy Osiyo xalqaro instituti nufuzli tahlil markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

Moskvada amaliy tashrif doirasida, Markaziy Osiyo xalqaro instituti delegatsiyasi jahon ekspertlar hamjamiyatida yuksak mavqeiga ega yirik tahlil markazlari bilan qator shartnoma va kelishuvlarga erishdi.

Xususan, Institut direktori A. Nasirov va Moskva davlat universiteti huzuridagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Moskva davlat universiteti qoshidagi Postsovet hududida ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o‘rganish markazi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Xalqaro tadqiqotlar instituti Sharqiy Osiyo va ShHT tadqiqotlar markazi o‘rtasida hamkorlik Shartnomalari imzolandi.

Shartnomada siyosiy, iqtisodiy, suv va atrof-muhit, tarixiy-madaniy va gumanitar sohalarda tadqiqotlar olib borish nazarda tutildi. Institutlar mutaxassislari o‘rtasida qo‘shma forumlar, seminarlar, muloqot anjumanlari, davra suhbatlari, brifinglar, maslahatlashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori M.Fradkov bilan uchrashuv chog‘ida, institut vakillarining «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» Toshkentda yuqori darajali xalqaro anjumanda ishtiroki bo‘yicha suhbatlashildi.

Xulosa o‘rnida, 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri — qo‘shma tadqiqot dasturlari va loyihalarini, jumladan yetakchi xorijiy muassasalar va mutaxassislar ishtirokida o‘tkazishdan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring