Markaziy Osiyo rasmiylari bugun AQSh davlat kotibi bilan uchrashadi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 2023-yil 28-fevral kuni Ostona shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan «C5+1» shaklidagi Vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi.
Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan sohalarda mazkur mexanizm doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter