Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi muzokaralarda ishtirok etadi

Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi muzokaralarda ishtirok etadi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston) Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston kelishuvi bo‘yicha Moskva formatidagi muzokaralarda ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.

«Asosan, Moskva formatidagi barcha ishtirokchilar u yerda bo‘lish va Afg‘oniston muammolarini muhokama qilish istagini tasdiqladi. Umid qilamizki, u yerda amaldagi afg‘on hukumati vakillari ham qatnashadi», – degan Rudenko.

Ishtirokchilar Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, xalqaro hamjamiyat mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun ko‘rishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashadi.

Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning asosiy mavzusi muvaqqat «Tolibon» hukumatining inklyuzivligi bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatiga Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring