Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bojxona laboratoriyasi qanday vazifani bajaradi?

Markaziy bojxona laboratoriyasi qanday vazifani bajaradi?

Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan jurnalistlar va blogerlar uchun Markaziy bojxona laboratoriyasiga uyushtirilgan press-tur davomida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, bojxona ishida bojxona ekspertizasi g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekspertiza ko‘magida tovar kodini aniqlash tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada yengillashtiradi, eng muhimi davlat budjetiga bojxona to‘lovlarining to‘liq undirilishiga xizmat qiladi.

Laboratoriya AQSh, Angliya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarda ishlab  chiqarilgan, xalqaro standartlarga mos 20 dan ortiq eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda murakkab ekspertizalarni o‘tkazish va xar tomonlama asoslangan haqqoniy xulosalar berilishini imkonini beradi.

Markaziy bojxona laboratoriyasi va hududiy tuzulmalar tomonidan 2021 yilda salkam 9,6 mingta bojxona ekspertizalari amalga oshirildi va natijada davlat budjetiga salkam 100 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

2021 yil noyabr oyida Markaziy bojxona laboratoriyasiga Jahon Bojxona Tashkilotining «Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi» maqomi berildi. Bunday maqomga ega laboratoriyalar dunyo bo‘ylab 9 ta, xolos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring