Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank valyuta operatsiyalariga doir yangi cheklovlarini bekor qildi

Markaziy bank valyuta operatsiyalariga doir yangi cheklovlarini bekor qildi

Joriy yilning 15-sentyabrida ayrim OAVlar Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasi yig‘ilishida tijorat banklari va tadbirkorlik sub’yektlariga valyuta operatsiyalari bo‘yicha yangi cheklovlarni joriy qilishga doir masala muhokama qilingan va so‘ngra tartibga soluvchi organ rahbariyati tomonidan qabul qilingani haqida yozgan edi.

Unga ko‘ra, jumladan, 18-sentyabrdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning chet el valyutasini sotib olish va valyuta operatsiyalari bilan bog‘liq amaliyotlari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali o‘tkazilishi kerak edi.

Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar — mijozlarning boshqa banklarda ochilgan va boshqa bank mijozlariga banklarda ochilgan ikkilamchi maxsus valyuta hisobvaraqlari yopiladi. Boshqacha qilib aytganda, mijozlar boshqa banklardagi maxsus hisobvaraqlarini yopishi, faqat bitta hisob raqamiga ega bo‘lishi, ya’ni konvertatsiyani faqat bitta bank orqali amalga oshirishi lozim edi. 

Mazkur qarori ijtimoiy faol qatlam tomonidan qizg‘in tanqidga uchraganidan so‘ng Markaziy bank bugun, shanba kuni Markaziy bankda matbuot anjumani tashkil qilindi va MB raisi Mamarizo Nurmuratov bir kun oldingi qaror bekor qilingani va bu haqda tijorat banklari ogohlantirilganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring