Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank pul almashishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Markaziy bank pul almashishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda pul birligi hozirgi 10 000 so‘mning 1 so‘m nisbatda denominatsiya qilinishi haqida xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank ushbu mazmundagi xabarlarni rad etuvchi rasmiy munosabatini e’lon qildi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda pul birligining denominatsiya qilinishi, ya’ni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025 yilgacha parallel ravishda muomalada bo‘lishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring