Markaziy bank to‘qqizta tijorat bankini valyuta birjasi savdolaridan vaqtincha chetlatdi
Valyuta birjasi (O‘zRVB) savdolarida yo‘l qo‘yilgan muntazam qoidabuzarliklar sababli bir qator tijorat banklarining (Hamkorbank, Turkiston bank, Xaytek bank, Universal bank, Invest finans bank, Ipak Yo‘li Bank, Savdogarbank, Trast bank, Aziya Alyans bank) savdolardagi ishtiroki vaziyat aniqlashtirib olinguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi.
Valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilikni buzgani uchun mazkur banklarga nisbatan 2018-yil va 2019-yilning o‘tgan davrida 31 holatda jami 2.5 mlrd so‘m miqdorida jarima sanksiyalari ko‘llanilgan.
Shu bilan birga, tijorat banklari xorijiy valyuta oldi-sotdi amaliyotlarini birjadan tashqari valyuta bozorida amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Bank mijozlari tijorat banki chet el valyutasini xarid qilish va sotishni rad etgan hollarda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat etishlari mumkin. Markaziy bank banklar o‘z vazifa va majburiyatlarini, shu jumladan mijozlarga yetkazilgan zararni qoplashini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi choralarni ko‘rib boradi, deyiladi Markaziy bank axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter