Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ma’rifat karvoni» chinakam bayramga aylanib ketdi 

«Ma’rifat karvoni» chinakam bayramga aylanib ketdi 

espublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Tamaddun, madaniyat va ma’rifat» mavzusida «Ma’rifat karvoni» ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

«Ma’rifat karvoni»ning dastlabki manzili Buxoro bo‘ldi

Buxoro davlat texnika universitetida tashkil etilgan «Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori» mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy forumda taniqli olimlar tomonidan «Yoshlar orasida sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirishda ilmiy markazlar roli», «Xorijiy tajriba asosida Islom sivilizatsiyasi markazi fondini boyitish va takomillashtirish» kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida viloyatdagi 55 dan ortiq og‘ir toifaga kiritilgan mahalladagi kambag‘al oilalar vakillari uchun «Farovon hayotga ilk qadam» loyihasi doirasida seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Anjuman davomida buxoroliklar «Ma’rifat karvoni» ishtirokchilaridan motivatsiya va ko‘rsatmalar olishdi.

Buxoro davlat universiteti «Ijtimoiy g‘oyalar» forumi chinakam yoshlar uchun ochiq minbar vazifasini otadi. Unda ijtimoiy- yo‘nalishda faol yoshlar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalar va startap loyihalari bilan tanishildi, ularni qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilindi. Ilm-fan namoyandalari ishtirokida muloqot samarali va manfaatli o‘tdi.

Andijonliklar ham faol ham tashabbuskor

Respublikamiz bo‘ylab tashkil etilgan ushbu ilmiy-ma’rifiy tadbirda ishtirokchilarga mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida keng tushunchalar berib o‘tildi.

– Ilmiy-ma’rifiy tadbirlar fuqarolarda katta qiziqish uyg‘otmoqda Andijon bo‘ylab o‘tayotgan tadbirlarda aholi faol ishtirok etishmoqda. Ular o‘zlarining savollari bilan qizg‘in munozaraga kirishmoqda. Bundan bilishimiz mumkinki, ular Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi majmuasiga befarq emas. Biz ham uchrashuvlarda bino haqida batafsil ma’lumot berib o‘tyapmiz. Markaz ekspozitsiyasini boyitishda ularni hamkorlikka chorlayapmiz, – dedi Islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi Azimjon G‘ofurov.

«Tamaddun, madaniyat va ma’rifat» mavzusida «Ma’rifat karvoni» ilmiy-ma’rifiy tadbirlari doirasida targ‘ibotchilari Andijon viloyati Jalaquduq tumani "Beshtol" MFY 2 maktablarida bo‘lishdi, qizil toifalarga kiritilgan mahallalardagi kambag‘al oilalar vakillari uchun «Farovon hayotga ilk qadam» loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

Shuningdek, viloyat kesimida loyiha doirasida o‘nlab yirik uchrashuvlar, tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. 

Xorazm – ezgu g‘oyalar yo‘lida mushtaraklik sari

Xorazm viloyatida ham «Tamaddun, madaniyat va ma’rifat» mavzusida «Ma’rifat karvoni» ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari o‘z ishini qizg‘in davom ettirmoqda.

Bir guruh olimlar, ziyolilar va kinoijodkorlardan tashkil topgan «Ma’rifat karvoni» a’zolari Xorazm viloyati sari yo‘l olishdi. 

– Biz Ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotlari orqali yangi davrning yangi odamini, Yangi O‘zbekistonning yangi dunyoqarashdagi fuqarolarning ongini shakllantirishni asosiy vazifamiz deb bilamiz. Tadbirning asl maqsadi ham shu – xalqimizni mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlar zamirida inson Qadri ulug‘lanayotganini singdirish,  – dedi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, professor, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Narzulla Jo‘rayev.

Xorazm viloyati bo‘ylab o‘tkaziladigan tadbirlarda so‘nggi yillarda mamlakatimizda ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat, sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi orasida maromlilik, ijtimoiy faollik, ko‘nikmalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan «Yangi O‘zbekistonda inson qadri ulug‘» shiori ostidagi «Tirik tarix» loyihasi doirasida milliy film namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, «Inson qadri» loyihasi doirasida aholi vakillari orasida umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, Ayollar va bolalar muruvvat uyi, turli kasalliklar bilan davolanayotganlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olish rejalashtirilgan.

Hududlar kesimida «Bir maqsad» loyihasi o‘tkaziladi. Unda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib etish maqsadida korxona, idora va tashkilotlarda «Ma’rifat soatlari» ham tashkil etiladi.

Har bir hudud teleradiokompaniyasi uchun olim va ziyolilarning «Tamaddun, madaniyat va ma’rifat» mavzusida «Ma’rifat karvoni» tadbirlari mazmun-mohiyati haqida ko‘rsatuvlar tashkil etilmoqda.

«Tirik tarix» loyihasi

Xorazm viloyati Urganch shahridagi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda «Ma’rifat karvoni» doirasida «Kinokarvon» loyihasi tashkil qilindi.

Tadbirlar davomida «Tirik tarix» loyihasi doirasidagi milliy filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Kinokarvonga viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yich boshqarmasi, viloyat mudofaa boshqarmasiga qarashli harbiy qism xizmatchilari va ularning oila a’zolaridan iborat  400 nafarga yaqin ishtirokchi jalb qilindi etdilar.

Olim va yoshlar uchrashuvi:  tajriba, bilim almashildi 

Bugun «Farovon hayotga ilk qadam» loyihasi doirasida ZOOM platformasi orqali «Olimlar va yoshlar uchrashuvi» loyihasi o‘tkazildi.

Unda   «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan xorijda – AQSh, Yevropa davlatlarining Oliy ta’limi magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha o‘z ilmiy faoliyatini davom ettirayotgan stipendiatlar, o‘z mehnati va intilishlari asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan  o‘zbek yoshlari, jumladan, TOP-50 universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti «Kibr -huquq» kafedrasi o‘qituvchisi Mardonov Amirjon, Mardonov Amirjon, Penn State Dickinson Law bitiruvchisi, Paralegal intern at Law Office of Hari Heerekar in Los Angeles. “Azizbek Khusan Consulting” LLC asoschisi Azizbek Shomurodov, AQShda ko‘plab muvaffaqiyatli biznes egasi, tadbirkor Xurshid Egamov va Dilnoza Erkinboyevalar ishtirok etdi.

Muloqotda Fransiyadagi Aix Marseille universiteti tarix yo‘nalishi doktoranti  Feruza Maxmasobirova «Yevropada ta’lim: grandlar va imkoniyatlar» mavzusida suhbat uyushtirildi.

Muloqotda olimlar o‘z ilmiy va hayot tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Yoshlarga grant loyihalar, o‘qish jarayonlari haqida o‘z bilim va ko‘nikmalarini tinglovchilarga yetkazishdi. Tadbirkorlar esa tadbirkorlik faoliyatini boshlash, undagi to‘siqlarni yengish,  mehnat intizomini yo‘lga qo‘yish haqida fikr va mulohazalar bildirishdi.

Ma’lumot uchun, «Ma’rifat karvoni» ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari yurtimizda amalga oshirilayotgan ilm-fan, ma’naviyat madaniyat sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

«Tamaddun, madaniyat va ma’rifat» mavzusida «Ma’rifat karvoni» ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring