Marhum 15 oydan so‘ng ota bo‘ldi (foto)
AQShning Ogayo shtatida otasi bir yil oldin vafot etgan go‘dak dunyoga keldi, deya xabar berdi «Daily Mail».
Ta’kidlanishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqning onasi Juli Uilson 2007-yilda bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i Trevis bilan tanishgan. 2012-yilda unga turmushga chiqqan. Ayolning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli er-xotin farzandli bo‘la olishmagan. 2016-yilda Uilsonning bolasi o‘lik tug‘ilgan. Ko‘p o‘tmay erida bosh miya saratoni aniqlandi: afsuski, u oxirgi bosqichda edi.
Er-xotin tashxisdan xabardor bo‘lgach, ekstrakorporal urug‘lantirishni sinab ko‘rishga qaror qilishdi. 2019-yil fevral oyida oila rahbari vafot etdi. Amerikalik ayolga erining hayotlik paytida ikki marta embrionni o‘tkazishdi, biroq ular samara bermadi.
Eri vafot etganda ayolda beshta muzlatilgan embrion qoldi. U homilador bo‘lishga urinishni davom ettirishga ahd qildi. Chunki u va eri doimo bolali bo‘lishni orzu qilishgan. 2019-yil oktyabr oyida unga ikkita embrion o‘tkazishgandi, ular natija berdi. Ammo egizaklardan biri homiladorlikning 12-haftasida olamdan o‘tdi. Biroq 2020-yil 9-mayda Julining uzoq kutilgan qizi dunyoga keldi. Unga Logan deb ism qo‘yishdi.
Julining aytishicha, yangi tug‘ilgan qizaloq marhum otasiga juda o‘xshaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter