Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzr so‘ragan o‘qituvchilar voqeasi ortidan hokim o‘rinbosari ishdan haydaldi

Uzr so‘ragan o‘qituvchilar voqeasi ortidan hokim o‘rinbosari ishdan haydaldi

Foto:«Daryo»

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘tkazgan majlisda Marhamat tumanidagi 72-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidagi uzrbozlik ortidan tuman hokimi o‘rinbosari Muxtor Qurbonov ishdan olindi.

Marhamat tumani hokimi Bobur Yuldashevga esa hayfsan berilgan. Ushbu hokim hodisa suratlari tarqalgach o‘qituvchilardan uzr so‘rab chiqqandi. 

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Marhamatdagi o‘qituvchilarning uzr so‘ragani surati tarqalgandi. 

Mazkur voqea jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi, Xalq ta’limi vaziri tashabbuskorlar jazolanishini aytgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring