Marg‘ilonda Xalqaro «Atlas bayrami» festivali bo‘lib o‘tadi
Turizm va madaniy meros vazirligi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Respublika «Hunarmand» uyushmasi va boshqa tashkilotlar tashabbusi bilan 16-22 oktyabr kunlari Marg‘ilon shahrida xalqaro «Atlas bayrami» V an’anaviy to‘qimachilik festivali o‘tkaziladi. Ushbu festivalda 20 ta davlatdan 62 nafar mutaxassis ishtirok etishi kutilmoqda.
Festival davomida an’anaviy to‘qimachilik va liboslar dizayni bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari, xalq sayli, askiya va katta ashula ijrochiligi, kurash musobaqasi, dorbozlik, qo‘g‘irchoqbozlik va an’anaviy hunarmandchilik buyumlari namoyishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter