Marg‘ilonda gaz o‘tkazish bahonasida aholi pulini o‘zlashtirib yuborgan guruh fosh bo‘ldi
Marg‘ilon shahrida tabiiy gaz tarmog‘ini o‘tkazib berish maqsadida aholidan yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirib ketgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar qildi.
Departament tekshiruvi natijasida fuqaro R.X. «Marg‘ilonshahargaz» filiali xodimlari A.V. va Sh.A. bilan oldindan til biriktirib, 2020-yil noyabr oyida shahardagi Ipak yo‘li MFYda yangi gaz tarmog‘iga ulatib berishni va’da qilib, aholidan jami 5000 AQSh dollari miqdorida yig‘ib olishib, shu kunga qadar gaz tarmog‘iga ulamasdan, pulni qaytarmasdan kelayotganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter