Maradonaning futbolkasi $9,28 millionga sotildi
Diyego Maradonaning futbolkasi Sotheby’s auksionida £7,14 mln funt sterling ($9,28 mln)ga sotildi. Bu haqda kimoshdi savdolar uyi «Twitter»da xabar berdi.
Futbolkani kim xarid qilgani ochiqlanmagan.
Maradona 1986-yilgi jahon chempionati 1/4 finalida Angliyaga qarshi (2:1 hisobida Argentina g‘alaba qozongan) o‘yinda kiygan futbolka sotuvga qo‘yilgandi.
O‘sha o‘yinda dublni rasmiylashtirgan Maradona bitta golini qo‘li bilan urgan (o‘sha mashhur «asr goli»). Futbolkaga auksionda boshlang‘ich €4,98 mln narx belgilangandi.
35 yil davomida ushbu futbolka Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Stiv Xojning uyida saqlangan — o‘sha o‘yinda Maradona bilan futbolkasini almashgandi.
Ta’kidlanishicha, Maradonaning futbolkasi sport buyumlari kimoshdi savdolari tarixida eng qimmatga sotilgani bo‘ldi.
Oldingi rekord 2019-yilda o‘rnatilgan, amerikalik basketbolchi Beyb Rutning maykasi $5,64 mln ga sotilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter