Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Manfiy test koronavirusdan xolisiz degani emas: COVID-19ni boshqa kasalliklardan qanday ajratish mumkin?

Manfiy test koronavirusdan xolisiz degani emas: COVID-19ni boshqa kasalliklardan qanday ajratish mumkin?

Foto: «Depositphotos»

Sayr, sayohat, ta’til — uzoq karantindan so‘ng organizm uchun bular kerak, albatta. Ammo koronavirus ham hammayoqni kezib yuribdi, ehtiyot bo‘lgan, ayrim narsalarni bilib qo‘ygan zarar qilmaydi. Masalan, bu infeksiya boshqa o‘xshash kasalliklardan nimasi bilan farq qilishini. Rossiyalik virusolog, professor Anatoliy Altshteyn «KP»ga bergan intervyusida yengil kechayotgan COVID-19 ni boshqa kasalliklar bilan adashtirib yubormaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerakligini aytdi.

Koronavirus infeksiyasi, agar kasallik yengil kechayotgan bo‘lsa, gripp va shamollashga o‘xshab ketadi. Agarda kasallikning asosiy simptomlari tumov, aksirish va yo‘tal bo‘lsa, uni allergiya deb ham o‘ylash mumkin.

«Biroq COVID-19 ancha yorqin o‘z simptomlariga ega. Masalan, nevrologik alomatlar, ko‘plarda hid, ta’m bilish xususiyati yo‘qoladi. Vaziyatga oydinlik kiritadigan asosiy vosita — koronavirusga test topshirish», — dedi virusolog.

Mutaxassisga ko‘ra, PSR-tashxis juda aniq vosita, faqat namuna olishda yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolargina noto‘g‘ri natija berishi mumkin. Koronavirus testi musbat chiqsa xatolik ehtimoli juda past bo‘ladi. Va aksincha, manfiy natija sizning kasallikdan xoli ekaningizni to‘liq anglatmaydi — namunani noto‘g‘ri olgan bo‘lishlari mumkin.

Koronavirus oshqozonga ham ta’sir o‘tkazadi, ko‘plar buni oddiy qorin og‘rig‘iga adashtiradi, ammo malakali vrach bu kasalliklar butunlay boshqa-boshqa narsalar ekanini aniq biladi, deb tushuntirdi Altshteyn.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring