«Manchester Yunayted» Pogbadan jamoadan ketishga shoshilmay turishni so‘radi
«Manchester Yunayted» rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogba bilan xayrlashishga tayyor, ammo oldin uning o‘rnini bosadigan futbolchi topish istagida.
26 yoshli yarim himoyachi yozda jamoadan ketishini ma’lum qilib bo‘lgan. Mankunianliklar rahbariyati Pogbaning o‘rnini bosadigan o‘yinchi qidirishni boshlab yubordi. Unga qadar esa yarim himoyachidan jamoadan ketishga shoshilmaslikni va mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni hamda Avstraliyadagi sayohatda ishtirok etishni so‘rashdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam «Manchester Yunayted» rahbariyati Pogbani olib qolish istagida edi. Shu bois hatto futbolchiga haftasiga 560 ming yevro maosh taklif etishga ham tayyor bo‘lishgan. Ammo keyin rahbariyat bu fikrdan qaytdi.
Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olishga asosiy da’vogar Madridning «Real» klubi bo‘lib turibdi. Shuningdek Turinning «Yuventus» jamoasi ham yarim himoyachini tarkibga qaytarish istagida.
Pol Pogba o‘tgan mavsum «Manchester Yunayted» tarkibida Angliya chempionatida eng ko‘p gol urgan (13 ta gol) va eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan (9 ta golli uzatma) futbolchi bo‘ldi. U shuningdek darvoza tomon yo‘llangan zarbalar bo‘yicha ham yetakchilik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter