«Manchester Yunayted» afsonasi og‘ir xastalikka chalindi

«Manchester Yunayted» futbol klubining afsonaviy futbolchisi Denis Lou alsgeymer va aqli zaiflik tashxisi qo‘yildi, deb xabar berdi ingliz matbuoti.
Denis Lou «Manchester Yunayted»da qirol nomini olgan va Bobbi Charlton, Jorj Best kabi afsonalar bilan birga katta yutuqlarga erishgan.
Klubning boshqa afsonaviy futbolchilari ham aynan shu kasallik bilan og‘rigan: Bobbi Charlton, Nobbi Staylz, Toni Dann, Bill Foulks va Devid Xerd. Lou va Xerd 1968 yildagi Yevropa chempionatida Angliya termasi safida birga o‘ynagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter