Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari boshlandi

Mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari boshlandi

Foto: «Uza.uz»

Mustaqilligimizning 27 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish hamda Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlash maqsadida tashkil etilgan ushbu umuxalq xayriya hasharida barcha hamyurtlarimiz faol qatnashmoqda, deb xabar beradi «O‘zA».

Hashar kunlari mahallalardagi 37 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish, 24 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston hamda 760 tadan ziyod ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirib, tartibga keltirish, 10 milliontaga yaqin daraxtlarni oqlash, butash, maishiy chiqindilarni maxsus joylarga tashib chiqarish ko‘zda tutilgan.

«Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!» aksiyasi o‘tkazilib, 17 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilalarning 250 ming metr kvadratga yaqin uy-joyini hashar yo‘li bilan ta’mirlash, 20 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga, shundan 11 ming nafardan ortiq nogiron va yolg‘iz qariyaning, ming nafardan ziyod urush va mehnat fronti faxriylarining holidan xabar olib, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatish nazarda tutilgan.

Tadbirlarni amalga oshirish ishlarida 17 million nafardan ziyod fuqaroning ishtiroki rejalashtirilmoqda. Shulardan 9 millionga yaqinini yoshlar tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring