Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malibu va Tahoe ro‘yxatda — amerikaliklar 2022-yilning eng ishonchli avtomobillarini tanlashdi

Malibu va Tahoe ro‘yxatda — amerikaliklar 2022-yilning eng ishonchli avtomobillarini tanlashdi

Foto: Pinterest

J.D. Power agentligi ekspertlari turli rusum va modeldagi avtomobillarda buzilishlar qanchalik tez-tez yuz berishini tahlil qilishdi va eng ishonchli avtomobillar reytingini tuzishdi.

Reytingni tuzishda 2022-yilda chiqarilgan avtomobillarning egalari — 84 165 nafar haydovchining fikr-munosabati inobatga olindi.

Reytingda baholash asosiy mezoni — har 100 ta mashinaga nechtadan nosozlik to‘g‘ri kelishi. O‘rtacha ko‘rsatkich — har 100 mashinaga 180 tadan nosozlik bo‘ldi.

Haydovchilar asosan multimedia va haydovchining elektron yordamchilari (avtopilot, avtomat tarzda tormozlanish kabilar)dan shikoyat qilishgan. Qizig‘i, arzon mashinalarda, elektronikasi kamligi uchun, qimmat mashinalarga nisbatan buzilishlar kam. Yana bir aniqlangan jihat: elektromobillar va gibrid avtolar benzinli yoki dizelli mashinalarga qaraganda ko‘proq buzilmoqda.

2022-yilning eng ishonchli brendi kutilmaganda Buick bo‘ldi — har 100 mashinada 139 ta nosozlik kuzatilgan. Ikkinchi o‘rinda — Dodge (143), uchinchi — Chevrolet (147).

J.D. Power talqini bo‘yicha 2022-yilning eng ishonchli avtomobillari

  • Kichik avto — Hyundai Accent
  • Kichik premial avto — BMW 2 Series
  • Kompakt avto — Kia Forte/Cerato
  • Kompakt premial avto — Lexus IS
  • O‘rta o‘lchamli avto — Chevrolet Malibu
  • O‘rta o‘lchamli premial avto — Genesis G80
  • Katta premial avto — BMW 7 Series
  • Kompakt sport avtosi — Mini Coooper
  • Sportkarlar — Chevrolet Corvette
  • Kichik krossoverlar — Buick Encore GX
  • Kichik premial krossoverlar — BMW X1
  • Kompakt krossoverlar — Chevrolet Equinox
  • Kompakt premial krossoverlar — BMW X3
  • O‘rta o‘lchamli krossoverlar — Nissan Murano
  • O‘rta o‘lchamli premial krossoverlar — Lincoln Nautilus
  • Katta krossoverlar — Toyota 4Runner
  • Katta premial krossoverlar — Cadillac XT6
  • To‘la o‘lchamli yo‘ltanlamaslar — Chevrolet Tahoe
  • To‘la o‘lchamli premial yo‘ltanlamaslar — Cadillac Escalade
  • Minivenlar — Honda Odyssey
  • O‘rta o‘lchamli pikaplar — Ford Ranger
  • To‘la o‘lchamli pikaplar — Chevrolet Silverado
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring