«Malibu» olib beraman deb aldadi
Joriy yilning 16-iyun kuni Toshkent shahar Shayxontohur tuman Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasiga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 31 oktyabr kuni Buxoro shahrida yashovchi M.A. ismli ayol fuqaro S.F.ning uyida unga kreditga «Malibu» rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, undan 20 000 000 so‘m puli va 200 AQSh dollarini olib bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, M.A. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter