Maldiv orollarida koronavirus bemorlari uchun dunyodagi birinchi kurort ochildi
Maldiv orollarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyohlarni izolyasiya qilish uchun dunyodagi birinchi kurort ochildi, deb xabar berdi «ATOR» Maldiv hukumati va Xitoy matbuotiga tayanib.
Mehmonxona poytaxt Maledan 24 kilometr uzoqlikda joylashgan Vilivaru (Atoll Kaafu) orolida 10 kun ichida qurib bitkazildi.
Xabarga ko‘ra, u yerda tibbiyot xodimlari izolyasiyaga olinganlar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi, hukumat hisobiga esa moliyalashtiriladi. Xitoy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonxonada «luxury» usulida xizmat ko‘rsatiladi.
Mehmonxonadagi 30 ta xona yopiq ventilyasiya tizimi va havo tozalagichlariga ega. Uch martalik oziq-ovqat esa xonaga keltirib beriladi. Xona televizor va mini-bar bilan jihozlangan.
Ziyoratchilarning kelishi va mehmonlarning bir-biri bilan muloqot qilishi taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter