Malayziya Xitoyda uyg‘urlar bilan bog‘liq holatni o‘rganish uchun maxsus institut tashkil qildi
Malayziya hukumati Xitoyning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Shinjon mintaqasida inson huquqlari buzilish holatlarini o‘rganish uchun xalqaro institut tashkil qildi.
Tashqi ishlar vaziri Sayfuddin Abdullohning aytishicha, Xalqaro islomiy fikrlar va tamaddun institutiga (ISTAC) Xitoyning Shinjon mintaqasida uyg‘ularning aholini haqida mufassal hisobot tayyorlash topshirildi.
«Malayziya na Xitoy hukumati tomonidan taqdim etilgan qandaydir xabarlarga ko‘r-ko‘rona rioya qiladi, na Xitoyni oshkora tanqid qiladi», - dedi Abdulloh jurnalistlarga, xabar qiladi Malayziyada ingliz tilida chiqadigan «New Straits Times» gazetasi.
«Biz u yerda ro‘y bergan voqealar haqida olingan har bir xabarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilmoqchimiz», — qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamizki, yaqin kunlarda malayziyalik bir guruh sayyohlar Shinjonda ochiq masjidda namoz o‘qiganliklari uchun hibsga olindi.
Umuman olganda, ushbu institut tadqiqoti nimalarga olib kelishi, asosiysi – Malayziya bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi qiziqish uyg‘otadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter