Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablar ta’miriga ajratilgan mablag‘lar «tuya» qilindi

Maktablar ta’miriga ajratilgan mablag‘lar «tuya» qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari hududlarda ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash borasida «Zamonaviy maktab» talablariga mos ravishda sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur nazorat tizimida Departament asosiy e’tiborini huquqbuzarlik sodir etilgunga qadar aniqlash, profilaktika qilish va bartaraf etishga qaratadi.

Tekshiruvlarda aniqlanishicha, profilaktik tadbirlar hamda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarga qaramasdan yaratilgan sharoitlarni shaxsiy boylik orttirish «imkoniyati» sifatida ko‘rayotgan ayrim qurilish tashkilotlarining rahbarlari maktab binolarini qurish yoki joriy ta’mirlashida belgilangan talablarga rioya qilmasdan ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Departamentning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, amalda bajarilmagan ishlarni rasmiy hujjatlarga qo‘shib yozish orqali Buloqboshi tumanida «T.T.» MChJ tomonidan 1,2 mlrd so‘m, Tomdi tumanida «N.O.» MChJ tomonidan 316 mln so‘m va Olmaliq shahrida «M.Ye.» MChJ tomonidan 306 mln so‘m talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan  jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring