Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Prezident qarori bilan:

  • Usmon Sharifxo‘jayev maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
  • Temurjon Komilov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Dilshod Kenjayev maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Uzoqboy Begimqulov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Alisher Ubbiyev maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

  • Baxodirjon Onorboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • Nodir Muslitdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Ibrohim Djurayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Vohobjon Rajapov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida amalga oshirilgan tayinlovlar haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring