Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Karimova E’zozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli ta’lim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i, 2021-2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ish olib bordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring