Maktabgacha ta’lim vazirligi muhim xabarni e’lon qildi
Bolalarni bog‘chaga qabul qilish xizmati vaqtincha ishlamaydi.
Vazirlik tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini boshqarish hamda bolalarni qabul qilish va navbatga qo‘yish bo‘yicha elektron tizimning yangi talqini joriy etilmoqda.
Shu sababli bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish xizmati vaqtinchalik (17-yanvardan 1-fevralga) qadar ko‘rsatilmaydi.
EMIS dasturi 2022-yil 2-fevralda o‘z faoliyatini tiklaydi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter