Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab shahodatnomasini ham elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi

Maktab shahodatnomasini ham elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi

Hukumatning joriy yil 31-yanvaridagi tegishli qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

  • tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);
  • tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
  • umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);
  • umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
  • umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
  • psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.

Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish «Elektron shahodatnoma» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.

Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladilar.

Qarorga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili yakunidan «Elektron shahodatnoma» axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring