Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab o‘quvchilarini kim olib ketmoqchi edi? IIB izoh berdi

Maktab o‘quvchilarini kim olib ketmoqchi edi? IIB izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlashmoqchi bo‘lishayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov izoh berdi.

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha joriy yilning 1 fevral kuni Shayxontohur tumanida 113-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi F.N. boshqaruvidagi avtomashinaga 132-sonli maktab o‘quvchilari G.B, S.N. lar yerdagi muz bo‘lagini tepgan.

Shundan so‘ng 11-sinf o‘quvchilari muz bo‘lagini tepgan bolalarni ichki ishlarga olib boramiz deb ularni og‘zaki qo‘rqitishgan. Bolalar boshqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketishgan.

Hozirgi vaqtda bolalar sog‘-salomat ota-onasi bag‘rida.

Avtomashinani boshqarish huquqi bo‘lmagan maktab o‘quvchilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring