Maktab o‘quvchilariga jamoat transportini bepul qilish taklif etildi

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportini bepul qilish haqida petitsiya qo‘yildi.
«Yoshlar - kelajagimizdir! Bugun mazkur tamoyil asosida ularga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Mana shunday sharoitda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportini bepul qilishni maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Buning uchun o‘quvchilik guvohnomalarini ham joriy etish kerak bo‘ladi» deyiladi murojaat matnida.
Mazkur guvohnomalar maktab rahbariyati tomonidan berilishi, o‘quvchilar esa guvohnomasini ko‘rsatgan holda u yurishi taklif etilgan.
Lekin ba’zilar ushbu taklifni qo‘llamagan. Masalan Shavkat Rustamov ismli foydalanuvchi maktablarda maxsus avtobuslar qo‘yish, ular dars boshlanishidan avval va darsdan keyin o‘quvchilarga xizmat qilishi lozimligini ilgari surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter